Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» Islom korporatsiyasidan 50 mln. AQSh dollar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Mikrokreditbank» Islom korporatsiyasidan 50 mln. AQSh dollar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Joriy yilning 1-4 iyun kunlari Misr davlatining Sharm el-Sheyx shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 47-Yillik yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan xususiy sektor forumida «Mikrokreditbank» ATB hamda XSRIK o‘rtasida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga 50 mln. dollar ajratish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Shuningdek, mazkur forum davomida XSRIK tomonidan bankda 2022-2023 yillarda «Islomiy darcha»ni ochish yo‘nalishida texnik maslahat xizmatlari, shuningdek, qayta tiklanadigan «yashil» energetika manbalariga bog‘liq yirik loyihalarni joriy etish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

Shubhasiz, bunday hamkorlik bankimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, qolaversa, respublikamizda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi.

Ma’lumot tariqasida, Mikrokreditbank va XSRIK o‘rtasidagi hamkorlik doirasida hozirga qadar 22.0 mln. AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar doirasida 33 ta investitsion loyihalar moliyalashtirilib, 1500 dan ortiq ishchi o‘rni tashkil etilgan.

Shuningdek, xususiy sektor forumi doirasida International Turnkey Systems (ITS) kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. ITS kompaniyasi Quvayt davlatida joylashgan bo‘lib, moliyaviy institutlar, hukumat va xususiy sektor tashkilotlari uchun muhim biznes funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan ilg‘or texnologik yechimlarni taqdim etadi. Muzokaralar davomida bankda «Islomiy darcha» ochish maqsadida IT sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring