Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» ATB «TransKapitalBank» bilan yirik kelishuvga erishdi

«Mikrokreditbank» ATB «TransKapitalBank» bilan yirik kelishuvga erishdi

25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida MDH ishtirokchi davlatlarining II Xalqaro bank-moliya forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda o‘zaro manfaatli ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil yetilib, bank sohasi hamda moliya bozorining turli tarmoq vakillari bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ushbu forum doirasida  «Mikrokreditbank» ATB bir qator xalqaro anjumanlar, muhokamalar, taqdimotlarda ishtirok etdi. Jumladan, «Mikrokreditbank» hamda Rossiya Federatsiyasining «TransKapitalBank» OAJ o‘rtasida 30 mln. yevrolik kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvda mablag‘lar agrosanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoq mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring