Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB: qirqdan ziyod «qochoq otalar»ga qamoq jazosi berildi

MIB: qirqdan ziyod «qochoq otalar»ga qamoq jazosi berildi

Majburiy ijro buyurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudiga  2021 yil davomida ko‘rilgan 3 ta jinoyat ishi yuzasidan 20.875.773 so‘mlik va 2022 yilda ko‘rilgan 14 ta jinoyat ishi yuzasidan 56.612.883 so‘mlik aliment qarzdorliklarini undirishi belgilangan. 

Tuman sudi tomonidan 2023 yilning o‘tgan oyida 12 nafar shaxsga nisbatan 12 ta jinoyat ishi mazmunan ko‘rilib, 3 nafar shaxsga nisbatan bo‘lgan ish yetkazilgan 38.544.650 so‘mlik zarar qoplattirilgan.

Qolgan 9 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlangan. 2 nafariga axloq tuzatish ishlari va  7 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, 76.700.000 so‘mlik zarar undirilgan.

«Aliment to‘lovidan qochib yurgan otalarga jazo belgilanishi, ya’ni qamoq jazosini o‘tashi bu ular oldidagi qarzdorlik undirilmaydi, degani emas. Farzandi taqdiriga beparvo va bepisand bunday «qochoq» otalar ham jazoni o‘tashga, ham qarzdorlikni to‘lashga majbur», — deydi Majubriy ijro byurosi vakili.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning mos davriga qadar birgina G‘ijduvon tumanining o‘zida 62 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilgan. 43 nafar huquqbuzarlarga tomonidan 874.813.200 so‘mlik aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli ma’muriy qamoq jazosi berilgan. 18 nafar huquqbuzar otalar tomonidan to‘lanmagan 261.463.900 so‘mlik aliment pullari undirib berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring