Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB qator vakolatlaridan ayrildi

MIB qator vakolatlaridan ayrildi

Foto:«Xabar.uz»

«Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF-6010-son, 18.06.2020 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan Majburiy ijro byurosining quyidagi vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi:

- elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring o‘tkazishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligiga;

- elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste’molini hisobga olishga olish bo‘yicha vazifa va vakolatlari – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta’minoti» AJning hududiy tashkilotlariga;

- elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vakolatlar – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta’minoti» AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;

- elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan iste’molchilarning huquqiy madaniyatini va mas’uliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta’minoti» AJga;

- energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar – Energetika vazirligiga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring