Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB: oqlangan fuqaroga 60 ming AQSh dollari qaytarildi

MIB: oqlangan fuqaroga 60 ming AQSh dollari qaytarildi

Bir necha yil burun firibgarlik va boshqa ayblovlar bilan sudlangan M.X. keyinroq oqlandi. Buning natijasida jinoyat ishi bo‘yicha pora predmeti deb topilib, davlat foydasiga o‘tkazilgan 60.000 AQSh dollari tegishli tartibda M.X.ga qaytarilishi belgilandi.

Ijro ishi Majburiy ijro byurosining (MIB) Yashnobod tuman bo‘limida biroz «dam yeb» qolgani bor gap. Buning ob’yektiv sabablari bor ediki, ayni paytda buning bayoniga ehtiyoj yo‘q. Muhimi, ijro ishi baribir yakuniga yetdi. Ya’nikim, davlat egaligiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘lov topshiriqnomalarga asosan fuqaroga to‘liq qaytarildi. Shu tariqa MIBdagi yuzlab ijro ishlaridan bittasi tamomlandi. 

Navbat keyingisiga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring