Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mett Deymonning 280 million dollarlik xatosi

Mett Deymonning 280 million dollarlik xatosi

O‘z vaqtida rejissyor Jeyms Kemeron aktyor Mett Deymonni «Avatar»da bosh rolni o‘ynab, evaziga filmdan tushgan 10 foiz mablag‘ni olishni taklif qilgan edi. Biroq bu paytda «Jeyson Born»ga mukkasi bilan sho‘ng‘ib ketgan Deymon taklifni rad etgan.

Vaqtlar o‘tib ma’lum bo‘ldiki, Deymon kinematografiya tarixidagi eng yirik shartnomalardan birini qo‘ldan boy bergan.

Ma’lumot uchun: «Avatar» namoyish etilishidan tushgan «kassa» ayni paytga kelib 2,8 milliard dollarni tashkil etmoqda. «Avatar-1» (2009) va «Avatar-2» (2022)da bosh rollardan birini Sem Uortington (Mett Deymonning o‘rniga) o‘ynagan.

BBC yozishicha, Kemeron Deymonga yo‘qotilgan imkoniyat uchun afsuslanmaslikni maslahat berdi. Chunki 2021-yilgi intervyusida aktyor Kemeronning taklifini qaytarganidan afsusdaligini aytgandi.

«U haliyam o‘zini kechira olmayapti. Mett, sen axir jahonning eng katta kinoyulduzlaridan birisan, taqdirga tan ber», — dedi Kemeron hazillashib.

Rejissyorning aytishicha, Deymon keyingi «Avatar»larga chaqirilishi mumkin. Biroq endi 10 foizlik taklif bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring