Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi «Barselona»dan ketmoqchi — СОРЕ

Messi «Barselona»dan ketmoqchi — СОРЕ

Foto: «FootBoom»

«Barselona» sardori, argentinalik forvard Lionel Messi jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda СОРЕ xabar berdi.

Messiga yaqin manbalardan biri «Bavariya»dan qabul qilingan mag‘lubiyatda jamoa rahbariyatini ayblayotgan 33 yoshli futbolchi 2021-yil yozigacha qadar tuzilgan shartnomasi muddatini uzaytirmoqchi emas degan.

Leo jamoada qolishining yagona sharti «Barselona» rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilishidir, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Kike Seten iste’foga chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring