Menga gazniqob bering! Dunyodagi eng yoqimsiz hidlar (TOP-5)
«ScienceAlert» ilmiy portali, olimlarning tadqiqotlari tahlili asosida, dunyodagi eng yoqimsiz hidlar «beshligi»ni tuzdi.
Birinchi o‘rin — vodorod sulfid. Astronomlarning aniqlashlaricha, nafaqat palag‘da tuxum, balki Uran sayyorasi ham shunday badbo‘y xususiyatga ega.
Ikkinchi o‘rin — durian tropik mevasi. Mutaxassislar bu meva tarkibida 44 xil faol hid taratuvchi birikma mavjudligini aniqlashgan, shuning uchun ham bu meva chirigan tuxumdan tortib karamelning xushbo‘y hidigacha o‘zida jamlagan.
Uchinchi o‘rin — «Arnold raffleziyasi» nomli parazit-gul. Bir paytning o‘zida chirish va baliq hidini o‘zidan chiqaruvchi bu gul Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollarida o‘sadi. Hidi esa hasharotlarni jalb qiladi.
To‘rtinchi o‘rin — «Vyo Bulon» deb nomlanuvchi fransuz yumshoq pishlog‘i. Bu pishloq Fransiyaning Bulon-syur-Mer shahrida pasterizatsiyalanmagan, ya’ni issiq haroratda ishlov berilmagan sigir sutidan tayyorlanadi. Uning badbo‘yligi «elektron burun» yordamida aniqlandi.
Beshinchi o‘rin — kichik chumolixo‘r. Olimlarning fikricha, amerikaliklar juda cho‘chiydigan skunsning hidi chumolixo‘rnikiga solishtirilganda «fransuz atiri» bo‘lib qoladi. Sassiq hid mitti chumolixo‘rga yirtqichlar orasida jon saqlashda yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter