Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikaliklar Qashqadaryoda g‘alla va ozuqa ekinlari bo‘yicha markaz ochmoqchi

Meksikaliklar Qashqadaryoda g‘alla va ozuqa ekinlari bo‘yicha markaz ochmoqchi

Foto: Xabar.uz

Yig‘ilishda yil boshidan Qashqadaryo viloyatida meva-sabzavot eksporti 2 karra oshib, 62 million dollarga yetgani ta’kidlandi.

Ko‘kdaladagi 6 ming gektar lalmi yerda tarvuz, viloyatning 13 ta tumanidagi 6 ming gektar ekin yerlarida pomidor yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali tarvuzning yillik eksportini 30 million dollarga, pomidorni esa 5 million dollarga yetkazish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Pomidor, bodring va boshqa sabzavot urug‘larining importi kattaligi, mahalliy sharoitga mos, unumdor va kasallikka chidamli navlar yo‘qligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Meksikadagi xalqaro g‘alla va makkajo‘xori markazi (CYMMIT) bilan hamkorlik o‘rnatib, 500 turdagi yangi nav olib kelgani ma’qullandi.

CYMMIT vakillari Qashqadaryoda g‘alla va ozuqa ekinlari bo‘yicha markaz ochmoqchi. Eng muhimi, meksikalik hamkorlar o‘zining tezkor nav yaratish texnologiyasini olib kelyapti. Ushbu markaz faoliyatini rivojlantirishga 3 million dollar yo‘naltirish topshirildi.

Bundan tashqari, kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan kartoshka yetishtirish xarajatining yarmi uchun 10 foizdan 12 oy muddatga imtiyozli kredit ajratiladi. Kartoshkachilik texnikalari import bojidan ozod etiladi, yuqori avlodli urug‘ xarid qilishda QQSning 50 foizi qaytarib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring