Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada poyezd uylarni majaqlab tashladi

Meksikada poyezd uylarni majaqlab tashladi

Foto: «Kartinkinaden.ru»

Meksikaning g‘arbiy qismi Xalisko shtatida yuk poyezdining ag‘darilishi oqibatida uch kishi jarohat olib, bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi shtat fuqaro muhofazasi xizmati.

«San-Isidro-Masatepek (Tala) munitsipalitetida 108 vagondan iborat poyezd halokatga uchragan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. 2 ta lokomotiv va 12 ta vagon 4 ta uyni majaqlab qo‘ygan, natijada uch kishi jarohatlandi va bir kishi olamdan o‘tdi», — deyiladi «Twitter»dagi qutqaruvchilar blogida.

Fuqaro muhofazasi xizmatining aniqlik kiritishicha, xodimlar vafot etgan mahalliy fuqaroning jasadini chiqarib olish uchun vayronalarni tozalashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring