Mehnat muhojirlarining jasadlarini Vatanga qaytarish davlat hisobidan bo‘lishi mumkin

Bugun, 17-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Ushbu qonun loyihasi bilan «Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida»gi qonunga mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini olib kelishni tashkil etish xarajatlariga doir norma kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, mazkur xarajatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtirilishi taklif etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter