Mehmonga kelgan ayol qarindoshini tunab ketdi
Poytaxtimizning Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 23-aprel kuni 30 yoshli Muqaddasi X. qarindoshi 34 yoshli Salomat K.ning uyiga mehmonga borgan.
U mezbon chalg‘iganidan foydalanib, uning sumkasidan 5.500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter