Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mediapark’da 18 ming odam to‘plandi, jabrlanganlar bor

Mediapark’da 18 ming odam to‘plandi, jabrlanganlar bor

Bugun, 23 aprel kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi «Atlas» savdo majmuasida maishiy texnikalar uchun 80% chegirma bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan, natijada 18 mingga yaqin fuqarolar ushbu savdo majmuasida to‘plangan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ayni paytda mazkur do‘kon yopilgan va shu sababli arzonlashtirilgan narxda sotuv bo‘lmaydi. Savdo majmuasi bir vaqtning o‘zida bu kabi ko‘plab fuqarolarni qabul qilish imkoniga ega emasligi, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida savdo majmuasi yopilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan savdo majmuasidagi vaziyat nazoratga olingan. Shuningdek, kun issiqligi va tiqilinch bo‘lgani sababli bir ayol hushidan ketgan, shu yerning o‘zida unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring