MChJ rahbari bankni aldab 4 mlrd so‘m oldi
Chirchiq shahrida qalbaki hujjatlar orqali bankdan kredit olgan shaxs aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «G.I.» MChJ rahbari J.E. «I.» MChJga tegishli 3-qavatli noturar joy binosi internet saytlari orqali sotuvga qo‘yilganligidan foydalanib, ob’yektning kadastr hujjati, MChJ rahbarining imzo va muhrini qalbakilashtirib, ushbu hujjatlar orqali binoni garov ta’minoti sifatida qo‘yib, bank muassasasidan 4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini olishga erishib, o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Shuningdek, tijorat banki filiali mas’ul shaxslari J.E. tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq o‘rganmaganligi hamda kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi monitoring qilinmaganligi oqibatida, tadbirkor va bank manfaatlariga 4 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter