Maxsus COVID poliklinikalarning manzillari e’lon qilindi
Avvalroq poytaxtimizning 12 ta tumanida bittadan maxsus poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
SSV matbuot xizmati ularning manzillarini ma’lum qildi.
Bektemir tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi
Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy.
5-sonli Ftiziatriya dispanseri
Mirobod tumani, 8-mart ko‘chasi, 58-uy.
23-son oilaviy polikinika «Birlik» filiali
Uchtepa tumani, Chakmoniy ko‘chasi, 14-a uy.
1-son Ftiziatriya dispanseri
Mirzo Ulug‘bek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15-a uy.
58-son oilaviy poliklinika
Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko‘chasi, 44-uy.
11-son oilaviy poliklinika
Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, 147-uy.
3-son Ftiziatriya dispanseri
Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 1-berk, 3-uy.
Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi
Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon.
4-son ftiziatriya dispanseri
Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yo‘li, 6-uy.
42-son oilaviy poliklinika
Shayxontohur tumani, Taxtapul ko‘chasi, 14-a uy.
2-son ftiziatriya dispanseri
Yashnobod tumani, Murg‘ob ko‘chasi, 93-uy.
Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri
Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 7, 23-uy.
Eslatib o‘tamiz, mazkur poliklinikalarga murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan «COVID-box»lar beriladi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter