Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast haydovchining politsiyadan qochishi og‘ir oqibatga sabab bo‘ldi (video)

Mast haydovchining politsiyadan qochishi og‘ir oqibatga sabab bo‘ldi (video)

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida mast haydovchi politsiya ta’qibidan qochib, ikki bolani urib yubordi.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlaridan yashirinishga uringan mast holatda bo‘lgan 63 yoshli erkak velosiped haydab ketayotgan bolalar bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida 11 yoshli bola voqea joyida vafot etgan, uning yonida ketayotgan to‘qqiz yoshli bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Haydovchi qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring