Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’shuqasini videotasvirga olib, uni tarqatish bilan qo‘rqitgan erkak qo‘lga olindi

Ma’shuqasini videotasvirga olib, uni tarqatish bilan qo‘rqitgan erkak qo‘lga olindi

Buxoroda ma’shuqasining yarim yalong‘och holatini videotasvirga olib, uni turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatish va tarqatish bilan qo‘rqitgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot  xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro tumani Sheyxoncha mahallasida yashovchi 48 yoshli erkak R.S. 41 yoshli mahalladoshi M.J.bilan yashirin ravishda ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.

R.S. yarim yalong‘och holatda bo‘lgan M.J.ni videotasvirga olib, tasvirni ayolning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormasligi evaziga undan 500 AQSh dollarini talab qilgan. Ayol bu haqda viloyat huquq tartibot organlariga murojaat qilgan.

«M.J.ning murojaati yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tadbir uyushtirilib, R.S. ayoldan talab qilgan pullarni olayotgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan ilgariroq jinsiy aloqa jarayonini video tasvirga olib, evaziga bu videoni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, jazmanidan pul talab qilgan ayol qo‘lga olingan edi. Shu o‘rinda, achchiq bo‘lsa ham aytish joizki, oilaga xiyonat har ikki tomonni ham botqoqqa botiradi. Milliyligimiz, millatimizga xos oilaga vafoni har ikki tomon ham unutmasligi kerak»,— deydi Shuhrat Jalolov.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring