Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsga parvoz qilamiz! Ilk marotaba 250 tonnali raketa-tashuvchi uchirib-qo‘ndirildi

Marsga parvoz qilamiz! Ilk marotaba 250 tonnali raketa-tashuvchi uchirib-qo‘ndirildi

Foto: The New York Times

Endi Marsga uchamiz! Ilon Mask tarixda ilk marotaba ulkan — 250 tonnali Starship raketa-tashuvchisini uchirish va qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu paytgacha bunday mahobatli raketani yerga qo‘ndirish imkonsiz sanalgan, SpaceX kompaniyasining bir nechta urinishlari chippakka chiqqandi. Bu safar hammasi risoladagidek kechdi, raketa shunchaki kelib qo‘nmadi, balki o‘zi start olgan maydonchaga kelib o‘rnashdi.

Yillar davomida ta’na-dashnomlarga uchragan, shuncha pullarni havoga sovurishda ayblanib kelgan kompaniya barchasiga nuqta qo‘ydi. Raptor motorlari bu safar pand bermadi. Starship ajoyib start olib, keyin muvaffaqiyatli «tutib olindi».

Insoniyat Marsga parvoz tomon dadil qadam tashladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring