Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi (infografika)

Markaziy saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi (infografika)

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Bugun, 15-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni rasman ro‘yxatga oldi.

Markaziy saylov komissiyasi tekshirish yakunlariga ko‘ra, saylovda ishtirok etuvchi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Taqdim etilgan infografikaga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 750 nomzodning barchasi oliy ma’lumotli.

Shulardan 310 nafari yoki 41,3 foizi xotin-qizlardan iborat. Bu 2014-yilning dekabrida o‘tgan saylovlardagidan qariyb 10 foiz (31,8) ko‘pdir.

Nomzodlar orasida huquqshunoslar 6,9, iqtisodchilar 19,1, shifokorlar 12,4 fozini tashkil qiladi. Deputatlik mandati uchun 22 fan doktori va 52 fan nomzodi kurash olib boradi.

Nomzodlar orasida yosh avlod vakillari sezilarli darajada ko‘paygan, ya’ni 25-40 yoshlar orasidagilar 32,2 foizni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring