Kambag‘allikni qisqartirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Saidqahhor Xolxo‘jayev 1981 yilda Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
2017-2019 yillarda «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.
Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter