Markaziy bank yangi oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqardi
Markaziy bank tomonidan joriy yilning 30 martidan boshlab «Yangi O‘zbekiston» va «Navro‘z» mavzulariga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi esdalik tangalari sotuvga chiqarilmoqda.
Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi.
Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
Esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter