Markaziy bank Ukraina voqealari sabab asosiy stavkani ko‘rib chiqishni kechiktirdi
2022-yil 10mart sanasiga belgilangan Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha boshqaruv yig‘ilishi kechiktiriladi.
Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.
«Markaziy bank boshqaruvi tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan xatarlar va yuqori darajadagi noaniqliklar fonida asosiy savdo hamkorlar iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini baholash qo‘shimcha tahlillar o‘tkazish zaruraratini inobatga olib, asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha boshqaruv yig‘ilishini 2022 yil 17 mart sanasiga qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi»,—deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter