Markaziy bank 21 ta tijorat bankini jazoga tortdi
Markaziy bank 21 ta tijorat bankini jazoga tortdi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabarida aytilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 62-moddasiga asosan, Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida tijorat banklari muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlarida tijorat banklarining joylardagi muassasalarida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda bank faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi, shu jumladan, terminallar orqali to‘lovlarning qabul qilinishi hamda bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotlarni iste’molchilarga to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilishi holatlariga e’tibor qaratildi.
Xususan, o‘rganish davomida banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi holatlari aniqlandi, deyiladi xabarda.
Ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo‘llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter