Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum xodimning otasi Bosh prokuraturani sudga berdi

Marhum xodimning otasi Bosh prokuraturani sudga berdi

Shu yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgani ma’lum qilingandi.

Rasul Kusherbayevning aytishicha, marhumning otasi deputatga murojaat qilib, o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etganligi, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotganini bildirgan.

Murojaatga tikilgan tibbiyot xodimlarining 26.04.2021 yildagi 10-sonli dalolatnomasida soat 10.35da tibbiyot bo‘limiga prokuratura xodimlari tomonidan S.Rahmonovning jasadi olib kelingani bildirilgan.

«Demak marhumning ish vaqtida ish joyida vafot etgani inkor etib bo‘lmas fakt.

Mehnat kodeksining 192 va 194-moddasida xodim mehnat vazifalarini bajarish sababli vafot etsa zararni to‘lashi shartligi, xodimning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori, marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkinmasligi belgilangan.

Shuningdek, «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasida prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘ladi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanishi va sug‘urta organlari prokuratura xodimi ishlayotgan davrida vafot etsa, uning merosxo‘rlariga Mehnat kodeksining 194 moddasi 2-qismida nazarda tutilgan tartibda sug‘urta summasini to‘lashi ko‘rsatib o‘tilgan.

Biroq Bosh prokuratura tomonidan marhum xodimning oila a’zolariga qonunda belgilangan nafaqa pullari berilmagan. Oxiri marhumning otasi adolat izlab sudga arz qilgan.

FIB Mirobod tumanlararo sudi esa da’vo arizani qanoatlantirishdan rad etgan. Sudlarimizning hozirgi ahvolida Bosh prokuraturaga qarshi da’voni qanoatlantirish ehtimoli past bo‘lsa-da, marhumning otasi qonun ijrosi ta’minlanishi umidida qaror ustidan Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati keltiribdi: axir adolat qaror topishi kerakku», deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring