Mandatga oz qoldi, yaqin kunlarda yakuniy javoblar e’lon qilinadi
Zamonaviy axborot texnologiyalarining borligi yaxshi, odamlarning mushkulini ancha oson qiladi. Masalan, test sinovlari natijalarini internet orqali qiynalmasdan bilib olish mumkin, bu juda qulay, ortiqcha ovogarchilik bo‘lmaydi.
Ammo zamonaviy texnologiyalar jonli jarayondagi hissiyotlarni bera olmaydi. Misol uchun, ilgari OTMlarga borib, stendlarga ilingan uzundan-uzun ro‘yxatdan o‘zining javoblar varaqasi raqamini qidirib topishning (ism-familiya berilmasdi) o‘ziga yarasha gashti bor edi. O‘ziga ishonadiganlar hamda irim qiladiganlar ro‘yxatni boshidan qidirishni boshlardi, salgina xavotiri borlar esa aksincha...
Qiy-chuv, to‘polon bo‘lardi. Qanchadan-qancha ko‘z yoshlar to‘kilardi. Talaba bo‘lganlar quvonchidan, omadi kelmaganlar alamidan yig‘lardi.
Joriy yilda abituriyentlarning natijalari internet orqali hali yakuniy javoblar chiqmasidan e’lon qilinayotganini hisobga olsak, bunaqa hissiyotlarni boshqa ko‘rmasak kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter