Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ma’muriy ogohlantirish» instituti: qaysi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanishi aytildi

«Ma’muriy ogohlantirish» instituti: qaysi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanishi aytildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda deputatlar ayrim xorijiy davlatlarda ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jarima jazolaridan tashqari «og‘zaki ogohlantirish» va «ogohlantirish» jazosi borligi, bunda birinchi marta kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni jarimaga tortish o‘rniga, sodir etgan qilmishining ijtimoiy oqibatlarini tushuntirgan holda ogohlantirish amaliyotda bunday qilmishlar sodir etilishining oldini olishda yuqori natijalar kщrsatishi ta’kidlandi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks «Ma’muriy ogohlantirish» jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizliligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi 28-2-modda bilan to‘ldirilmoqda. 

 Ushbu chora, quyidagi 6 ta huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga qo‘llanilishi belgilanyapti:

  1. 125-modda (ya’ni transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganlik, sh.j. kamar taqmaslik, texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik, tegishli jihozlar bilan jihozlanmaganlik);
  2. 128-1-modda, (ya’ni, boshqarish vaqtida telefondan foydalanganlik);
  3. 128-2-modda (ya’ni, boshqarish vaqtida monitordan foydalanganlik);
  4. 128-6-modda (ya’ni, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik);
  5. 135-1-modda (ya’ni, majburiy sug‘urta qilish talablarini buzganlik);
  6. 138-modda (piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzganlik).

Ta’kidlanishicha, ogohlantirish birinchi marta sodir etgan shaxslarga nisbatan bir yilda bir marotaba qo‘llanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring