Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabda o‘quvchilar telefondan foydalanishi mumkinmi?

Maktabda o‘quvchilar telefondan foydalanishi mumkinmi?

Foto: Google.com

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012 yil 21 mayda «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror asosida Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjatlar ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olish, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirish, ta’lim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Unga ko‘ra, Ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir o‘quvchi, o‘qituvchilar va boshqa shaxslar uyali aloqa vositasini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart. Telefon faqat maxsus g‘iloflarda, sumka va portfellarda olib yurilishi kerak. Ta’lim oluvchilarga telefon vositalarni bo‘yinga osib yurish, shim va yubka cho‘ntaklarida olib yurish, dars vaqtida esa ulardan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring