Majburiy ovoz to‘plangan loyihalar «Tashabbusli budjet»dan chetlatiladi

Ayni kunlarda davom etayotgan «Tashabbusli budjet» jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichida majburiy ovoz to‘plash holatlari haqida ham xabarlar tarqalmoqda.
Jumladan, bir muddat oldin Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari kuzatilgani va bunga yo‘l qo‘ygan maktab direktorining ishdan olingani haqida xabar berilgan edi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati bergan munosabatga ko‘ra, mazkur holatlar kuzatilgan loyihalar «Tashabbusli budjet»dan chetlatiladi.
«Shu munosabat bilan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborildi», – deyiladi vazirlik munosabatida.
Shuningdek, «Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish – majburiy mehnat sifatida tasniflanishi haqida eslatib o‘tilmoqda.
Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter