Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahmud Ahmadinajot halok bo‘lgani rad etildi

Mahmud Ahmadinajot halok bo‘lgani rad etildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajotning o‘ldirilishi haqidagi xabarlar yolg‘on. Bu haqda Ahmadinajot idorasiga tayanib, IRNA axborot agentligi xabar berdi

"Internetda janob Ahmadinajotning o‘limi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deya bayonot berdi idora. 

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajotning Tehrondagi ko‘chalardan birida o‘ldirilgani haqidagi ma’lumot bir qancha ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Ushbu xabar Isroil va Eron o‘rtasida keskinlik avjiga chiqqan lahzada tarqatildi. 

Eslatib o‘tamiz, Ahmadinajot 2005-2013-yillarda prezidentlik qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring