Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida ham ma’lum qildi.

Xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Aydarovich Xudaybergenovga yuklatildi.

«Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur», dedi Prezident.

Shu bois, «Nuroniy» jamg‘armasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi.

Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi.

Mahalla raisi o‘z hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada o‘zaro hamjihatlikda ishlashni ta’minlaydi.

Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahallaga tushadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yechimiga yordam beradi.

Avvalroq Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring