Mag‘lubiyat yozilgan bokschimizga g‘alaba olib berildi

Iordaniyaning Amman shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finali doirasida -54 kg vaznli Abduvali Bo‘riboyev hindistonlik raqibiga qarshi jangda ustunlikka erishgan bo‘lsada, yakunda hakamlar hind bokschisining g‘alabasini qayd etishgan.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, federatsiya mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan «protest» berishgan. Jang qayta ko‘rib chiqilib, yakunda Abduvali Bo‘riboyev final yo‘llanmasiga ega chiqqan.
Shu tariqa yoshlar toifasida finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni 10 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter