«Maftunkor ranglar jilosi» – nogironligi bo‘lsada, irodasi baland yoshlar tanlovi
Bugun, 26-oktyabr kuni, Adliya vazirligining «Biz birgamiz!» ijtimoiy loyihasi doirasida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida «Maftunkor ranglar jilosi-2023» respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda hududlarda o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarning rassomlik va shaxmat sport turi borasidagi mahoratlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi. Unda respublikaning 14 hududidan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Tanlov doirasida nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
Tadbir 2018-2022-yillar davomida 4 marta o‘tkazildi. Mazkur tadbir 2018-2022-yillar davomida respublika bo‘yicha jami 5000 ga yaqin yoshlar qamrab olindi.
Tanlovda rasm chizish bo‘yicha quyidagi yoshlar muvaffaqiyatga erishishdi:
1- o‘rin: Hurliman Saparniyazova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
2- o‘rin: Muxammadsodiq Abdushukurov (Toshkent shahri);
3-o‘rin: Oybarchin Umarova (Surxondaryo).
Shaxmat turi bo‘yicha esa:
1-o‘rin: Uralbek Normo‘minov (Surxondaryo);
2-o‘rin: Azizbek Ismoilov (Xorazm);
3-o‘rin: Muhammadyusuf Ahmedov (Namangan) g‘olib bo‘lishdi.
Tanlov ishtirokchilarining barchasi qimmatbaho sovg‘alar, medal va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter