Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madrimov tez orada AQShda jang o‘tkazadi

Madrimov tez orada AQShda jang o‘tkazadi

Boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimov yaqin kunlar ichida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Isroil Madrimov bugun tongda charter reys orqali okean ortiga yo‘l oldi. Uning keyingi jangi katta ehtimol bilan bugun yetib boradigan shahar – Nyu-Yorkda tashkil etiladi.

Tashkil etiladigan jangning aniq sanasi va unda hamyurtimizga raqib bo‘ladigan bokschining nomi hozircha oshkor etilmayapti. Lekin, tez orada bu haqda OAV orqali ma’lumot berilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov joriy yiling fevral oyidan beri O‘zbekistonda bo‘lib turgandi. Bu vaqt ichida u O‘zbekiston terma jamoasi safida ham mashg‘ulotlar olib borishga ulgurdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring