Lukashenko: «Prigojinning xavfsizligiga men kafolat bermayman»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevgeniy Prigojinning halokatiga izoh berar ekan, «buni Putin qilganini tasavvur qila olmasligini» aytdi.
Shuningdek, Lukashenkoning aytishicha, Prigojin undan hech qachon xavfsizlik kafolatini talab qilmagan.
«Men Prigojinning xavfsizligiga kafolat bermayman. Ammo Putinni bilaman. U juda xotirjam va hatto bosiq odam, boshqa murakkab masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Shuning uchun men buni Putin qilganini, aybdor ekanligini tasavvur qila olmayman. Juda qo‘pol, noprofessional ish, agar shunday bo‘lsa», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Prigojin isyon ko‘targanida aynan Lukashenko vositachilikni o‘z qo‘liga olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter