Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

London markazida qurolli hujum yuz berdi

London markazida qurolli hujum yuz berdi

Britaniya poytaxti markazidagi Lester maydonida sodir etilgan qurolli hujumda 11 yoshli qiz va 34 yoshli ayol pichoqlangandi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Hujum qilgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi, deyiladi London politsiyasi X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Uning shaxsi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Politsiya ushbu hodisaga aloqador boshqa gumondorlar yo‘qligini taxmin qilmoqda.

Tez tibbiy yordam xodimlarining aytishicha, ikki jabrlanuvchi yirik tibbiyot markaziga olib ketilgan. Ularning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, voqea guvohlari - o‘tkinchilar va yaqin atrofdagi do‘konlar xodimlari hujumchini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Lester maydoni Londonning Soho tumanining markazida joylashgan bo‘lib, u yerda ko‘plab kinoteatrlar, do‘konlar, barlar va boshqa ko‘ngilochar maskanlar joylashgan va ko‘plab sayyohlarni jalb qilish markazi bo‘lib xizmat qiladi.

Hujum Britaniya bo‘ylab namoyishlar chog‘ida sodir bo‘ldi, unga raqs to‘garagida uch qizning o‘ldirilishi sabab bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring