Logo o‘zgardi: Avval inglizcha edi, endi ruscha bo‘ldi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi o‘z rasmiy saytidagi logotipni yangiladi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda sayt (www.muic.uz) redizayn qilinmoqda. Hozircha, saytning barcha tildagi talqinlariga (ruscha, o‘zbekcha, inglizcha) rus tilidagi logotip qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2017-yil 30-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi «Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markazi tashkil etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter