Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Foto: U.S. Navy/Reuters

Litvada Germaniyaning 30 ta vertolyoti ishtirokida NATOning xalqaro harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi TASS.

Mashg‘ulotlarga zarba beruvchi (Tiger), o‘rta ko‘p maqsadli (NH90), og‘ir transport (CH-53), yengil ko‘p maqsadli (EC135) jami 30 ta vertolyot jalb etilgan.

Vertolyotlar kechasi va kunduzi eng past (150 metr) masofada parvoz qilish ko‘nikmasini oshirmoqda.

NATO harbiy o‘quvlari 23-maygacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring