KXDR janubiy koreyalik jurnalistlardan uzr so‘radi

Kecha, 1-aprel kuni KXDR janubiy koreyalik pop qo‘shiqchilar konsertiga kirishda yuz bergan cheklovlar tufayli janublik jurnalistlardan uzr so‘radi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Koreya mehnat partiyasi rahbari o‘rinbosari Kim Yon Chxol bugun «Koryo» mehmonxonasiga borib, janubiy koreyalik jurnalistlardan ularning jurnalistik faoliyatini erkin olib borishi cheklangani xato bo‘lgani, shu sababli KXDR hukumati vakili sifatida uzr so‘rashini aytgan.
Pxenyandagi konsertga faqat bir kishidan boshqa janublik jurnalistlarning kirishiga ruxsat berilmagan. Konsertda Kim Chen In rafiqasi bilan ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter