KXDR askarlari tasodifan Janubiy Koreya hududiga o‘tib qolishdi
Yigirma nafarga yaqin shimoliy koreyalik askar ikki Koreya o‘rtasidagi quruqlik chegarasini kesib o‘tdi, janubiy koreyalik harbiylarning ogohlantiruvchi o‘q uzishidan so‘ng ular o‘z hududlariga qaytishdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga asoslanib Yonhap xabar berdi.
Hodisa 9-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da yuz bergan. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, KXDR harbiylari ikki Koreyani ajratib turuvchi demilitarizatsiya zonasi markaziy qismidagi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tishgan.
Janubiy Koreya tomoni avvaliga ovoz kuchaytirgichlar, so‘ngra o‘q uzish orqali ogohlantirganidan so‘ng ular ortga qaytishgan.
Qo‘mita vakili Li Son Chjun KXDR harbiylari chiziqni atayin kesib o‘tishmagan, degan fikrda. Uning aytishicha, hozir demilitarizatsiya zonasi o‘t-o‘lanlar va butalar bilan qoplangan, shu bois demarkatsiya chizig‘ini ko‘rish qiyinlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter