KXDR AQSh bilan muzokara o‘tkazayotganda raketalarini sinamaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning AQSh-KXDR muzokaralari paytida raketa sinovlari o‘tkazmaslikka va’da berganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
«Shimoliy Koreya 2017-yilning 28-noyabridan buyon raketa sinovini o‘tkazmadi va uchrashuvlarimiz davomida ham bunday qilmaslikka va’da berdi. Ular o‘z so‘zlarida turishiga ishonaman», — deya yozadi Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.
Oldinroq u KXDR rahbari Kim Chen Inning muzokara o‘tkazish haqidagi taklifiga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Shimoliy Koreya so‘nggi yillarda AQShdan xavfsirab, o‘zini himoya qilish uchun qit’alararo ballistik raketalar va yadroviy kallaklar ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Hozircha KXDR sinovdan o‘tkazgan so‘nggi raketa «Xvanson-15» bo‘lib turibdi. U 13 ming kilometr olislikdagi nishonni yo‘q qilishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter