KVN yulduzi, Zelenskiy studiyasining sobiq prodyuseri Sergey Sivoxo vafot etdi

Ukrainalik aktyor, KVNda «Drim-Tim» jamoasi a’zosi, «Kvartal 95» studiyasining sobiq prodyuseri va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq maslahatchisi Sergey Sivoxo uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.
U bugun, 17 oktyabr kuni 55 yoshida Germaniyadagi kasalxonada olamdan o‘tgan.
Avvalroq shifokorlar uning yaqinlariga umid yo‘qligini bildirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter