Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning asosiy hujumchisi onasi tufayli termadan ketishga qaror qildi

Eronning asosiy hujumchisi onasi tufayli termadan ketishga qaror qildi

Foto: «RIA NOVOSTI»

Eron terma hujumchisi hujumchisi Sardor Azmun terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda uning o‘zi «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Men uchun Eron termasida o‘ynash katta baxt bo‘ldi va bu bilan bir umr faxrlanaman.

Bu 23 yoshli futbolchi uchun juda og‘ir qaror. Ammo sabablar bor. Onamning sog‘ligi kasallik tufayli yomonlashdi, bu esa meni qiyin tanlovga ro‘baro etdi. Men esa onamni tanladim»», — deya yozib qoldirgan Azmun.

Bilasiz, Azmun Qozonning «Rubin» klubida to‘p suradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring