Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun statistikasi: 300dan ziyod kasallanish holati, 5 nafar qurbon...

Kun statistikasi: 300dan ziyod kasallanish holati, 5 nafar qurbon...

Foto: SSV

Shu yilning 2-sentyabr kuni mamlakatimizda 304 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 219 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 540 nafar bemordan 39 883 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 328 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring