Kubada «Kastrolar davri» intihosiga yetdi
Raul Kastro Kuba kommunistik partiyasi rahbarligidan ketdi. Bu haqda u partiyaning 8-syezdida ma’lum qildi. Shu tariqa «Ozodlik oroli»da «Kastrolar davri» poyoniga yetmoqda.
89 yoshni qoralagan Kastro mamlakat boshqaruvini tayyorlangan odamlarga topshirayotganini ta’kidladi, deyiladi kompartiyaning rasmiy gazetasi «Granma» xabarida.
So‘nggi 60 yilda Kuba boshqaruvi faqat Kastrolar oilasi qo‘lida edi.
Raul Kastro 1959-yilda Kubani egallagan Fidel Kastro(1926–2016)ning ukasi hisoblanadi. Uning o‘limidan so‘ng partiya va mamlakat rahbarligi Raul Kastroga o‘tgandi.
Raul Kastro 2011-yilda partiyaning birinchi kotibligiga saylangan, 2016-yilda uni ushbu lavozimga qayta saylashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter