Samarqandda Putin va Erdo‘g‘on nimalarni muhokama qiladi?
ShHT sammiti doirasida Samarqandga keladigan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashuvida ko‘riladigan masalalar ma’lum qilindi.
RF prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Samarqandda Putin va Erdo‘g‘on g‘alla kelishuvi hamda ikki tomonlama iqtisodiy masalalarni muhokama qilishadi.
«Hozir ikki tomonlama muloqot, jumladan telefon orqali, tinmay davom etyapti. Muzokaralar mavzulari ko‘p, jumladan, ularning biri Turkiyaning g‘alla kelishuvidagi ijobiy roliga daxldor», — dedi Ushakov.
Bundan tashqari, muzokaralardan 5-iyulda Sochida erishilgan kelishuvlarning davomi bo‘lmish ko‘plab iqtisodiy masalalar ham o‘rin olgan, qo‘shimcha qildi u.
Har ikki prezident 15–16 sentyabr kunlari Samarqanddagi ShHT sammitida qatnashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter