Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘zbo‘yamachilik sindromi: Prezidentni qachongacha aldaymiz?

Ko‘zbo‘yamachilik sindromi: Prezidentni qachongacha aldaymiz?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 2018-yilning 5-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumani hamda Yangiyo‘l shahriga borgani haqida xabar bergan edik. Jamoatchi muxbirlarimizning xabar berishicha, Toshkent viloyatiga borish chog‘ida davlat rahbarining korteji Chilonzor tumani hududidan o‘tgan.

Qizig‘i shundaki, Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumani 6-dahasi hududidan o‘tishi ma’lum bo‘lgach, mutasaddilar zudlik bilan atrofni obodonlashtirishga, shu paytgacha bajarilmagan ishlarni xaspo‘shlashga urinishgan. Katta yo‘l yoqasidagi maydonda sun’iy bolalar maydonchasi qurishgan, sport anjomlarini o‘rnatishgan.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Buning nimasi yomon deyishingiz tabiiy. Ajablanarlisi shundaki, turnik, bolalar arg‘imchoqlar yomg‘irdan so‘ng yumshab yotgan yerga tiqib ketilgan xolos. Ularning asosi mustahkamlangan, sementlanmagan. Ya’ni nomigagina, Prezident ko‘ziga chiroyli ko‘rinish uchun qilingan.

Bu ishlar vaqtincha qilingani bugun ma’lum bo‘ldi. Arg‘imchoq va turniklarni o‘rnatganlar bugun barcha narsani yig‘ishtirib ketishgan. Bungacha yer ularning og‘irligini ko‘tarolmagani bois jihozlar yiqilib, loyga qorishib yotgan.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Yuqoridagi suratlarni tomosha qilib, so‘zlarimizga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Shu o‘rinda Chilonzor tumani hokimligi, umuman, yurtimizdagi barcha mutasaddi idoralar rahbarlariga savol bermoqchimiz: «Janoblar, nahotki davlat rahbarining shuncha tanqidlaridan xulosa chiqarmadingiz? O‘zgarishingiz shunchalik qiyinmi? Prezidentni yana qachongacha aldamoqchisiz? Ko‘zbo‘yamachilik sindromining oxiri bormi o‘zi?»

«Xabar.uz» mazkur holat bo‘yicha Chilonzor tumani hokimligidan izoh kutib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring