Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koviddan tuzalgandan keyin vaksina olish xavfli emasmi?

Koviddan tuzalgandan keyin vaksina olish xavfli emasmi?

«COVID-19»ga qarshi vaksinatsiya bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunovadan javob berdi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.

— Vaksinalar qanday ishlaydi?

 — Vaksinalar tananing tabiiy immuniteti bilan birgalikda himoya tizimini yaratib, kasallik yuqish xavfini kamaytiradi. Vaksina inson tanasiga yuborilgandan keyin immunitet tizimi bunga javob bera boshlaydi. Ya’ni immunitet tizimi tanaga kirgan «agent»ni aniqlaydi (virus yoki bakteriya) va shundan so‘ng antitanachalar ishlab chiqara boshlaydi.

Antitanachalar – bu kasallik bilan kurashish uchun organizmning immunitet tizimi tomonidan tabiiy ravishda ishlab chiqariladigan oqsillardir. U kasallik bilan qanday kurashish kerakligini eslab qoladi. Agar inson kelgusida mikrob ta’siriga qayta uchrasa va o‘zida kasallik alomatlarini his qilsa, immunitet tizimi uni tezda yo‘q qilishga kirishadi.

Bir so‘z bilan aytganda, vaksina tanada kasallikka qarshi immunitetni ishlab chiqishga ko‘mak beruvchi xavfsiz va samarali vosita sanaladi.

— «COVID-19»ga qarshi vaksinatsiya o‘zi nima uchun kerak?

— Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, aholining 60-70 foizida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurashib bo‘lmaydi. Shu ma’noda aytsak, «COVID-19»ga qarshi emlash pandemiyani jilovlovchi yagona samarali omil hisoblanadi.

To‘g‘ri, niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o‘zini tiyish kabi profilaktik chora-tadbirlar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sanaladi, biroq bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.

Vaksinalar inson immun tizimini mustahkamlab, yuqishi mumkin bo‘lgan viruslarga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi. Emlash orqali nafaqat o‘zimiz, balki atrofimizdagilarni ham kasallik yuqishidan himoya qilamiz.

—«COVID-19»dan davolangan kishi unga qarshi emlanishi shartmi?

— Ha. Pandemiya xavfi saqlanib qolayotgani va koronavirus infeksiyasi bilan qayta kasallanish ehtimolining yuqoriligi sababli, ushbu virus bilan avval kasallangan bo‘lishingizdan qat’i nazar, emlanishingiz shart.

Chunki emlashdan keyingi «orttirilgan immunitet muhim hisoblanadi. Ya’ni tabiiy va «COVID-19»ga qarshi emlash natijasida hosil bo‘lgan orttirilgan immunitet kasallikka qarshi kuchli himoyani shakllantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring