Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning asosiy tashuvchisi erkaklarmi? Nega?

Koronavirusning asosiy tashuvchisi erkaklarmi? Nega?

Foto: «Ria.ru»

Kolorado universitetining bir guruh olimlari ko‘pincha erkaklar koronavirus zarralarini yuqtirishini aniqladilar. Bunga o‘pkaning o‘ziga xos tuzilishi ta’sir qiladi. Bu haqda 6 dekabr, dushanba kuni CBS telekanali xabar berdi.

Mutaxassislar 75 kishi ishtirokida tajriba o‘tkazishgan. Olimlar erkaklar, ayollar va bolalarda ajraluvchi so‘lak miqdorini tahlil qilishdi. Bunda bemorlar qo‘shiq kuylashgan yoki baland ovozda gapirishgan.

Natijada, mashinasozlik kafedrasi professori Jon Volkens ta’kidlaganidek, kattalar bolalarga qaraganda ko‘proq zarralar ajratishi ayon bo‘ldi.

«Erkaklar ko‘proq zarralar ajratishining sababi shundaki, ularning o‘pkasi kattaroq. Ovoz balandligi tovush apparatiga qancha energiya sarflashini ko‘rsatib beradi», – dedi olim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu energiya tanadan ajraladigan ko‘p miqdordagi zarralarga aylanadi. Ular esa o‘z navbatida virus tashiydi. Volkens xulosasiga ko‘ra, dam olish joylari, barlar, sport maydonchalari va konsert zallari eng xavfli hududlar bo‘lib, u yerda odamlar baland ovozda gaplashadi yoki qo‘shiq kuylashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring