Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni og‘ir o‘tkazgan 65 yashar bemor vafot etdi

Koronavirusni og‘ir o‘tkazgan 65 yashar bemor vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Poytaxtning Shayxontohur tumanida yashagan 65 yoshli Sh.G. (erkak)da 4-iyuldan kasallik belgilari (tana xaroratining ko‘tarilishi, yo‘tal) boshlangan. Unda «COVID-19» tasdiqlangach, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Bemorga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan.

Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichining pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ushbu o‘lim O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq rasman tasdiqlangan 117-holatdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring