Koronavirusning shamollash yoki grippdan farqlari bo‘yicha ma’lumot berildi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida o‘tgan brifingda ayrim savollarga javob berildi.
Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?
Koronavirus kasalligida ko‘p uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga o‘xshaydi.
Bular: tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riq, ta’m va hid sezmaslik.
Biroq koronavirus o‘rta og‘irlik va og‘ir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana harorati 38-39 ºC dan oshadi, nafas yetishmovchiligi, hansirash paydo bo‘ladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.
Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat bo‘lishi, kislorod saturatsiyasi 94% dan kamayishi, KT sida xarakterli o‘zgarishlar kuzatilishini inobatga olishimiz kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter